Bo’limlar

“UMUMIY AMALIYOT HAMSHIRASI”  mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli  mutaxassisning

IXTISOS TAVSIFNOMASI

Hozirgi zamon tibbiyot hamshirasi davr bilan hamnafas faoliyat olib borishi zarur. Hukumatimiz, Sog’liqni saqlash vazirli tomonidan qabul qilingan farmon, qaror, hamda buyruqlardan doimo xabardor bo’lishlari ularning mohiyatini tushunib yetishlari talab etilmoqda.

Bundan tashqari, hamshira ish faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, ko’p uchraydigan shoshilinch holatlar va ularda vrachgacha hamda u bilan birgalikda yordam berish choralarini, asosiy klinik – anatomik – fiziologik ko’rsatkichlarni, laborator tekshiruvi uchun zarur materiallarni tez, to’g’ri va aniq olish, hamda tahlil uchun jo’natish, asosiy dori vositalarini organizmga yuborish yo’llarini tez tanlashni mukammal egallashi lozim.

Shuningdek, hozirgi kunda sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar natijasida barpo etilayotgan shoshilinch tibbiy markazlar va QVPlarida ish olib boradigan hamshiralar ham nazariy, ham amaliy jihatdan yuqori malakaga ega bo’lishlari kerak.

Mutahassis har tomonlama yetu: ma’naviy barkamol, mustaqil fikrlay oladigan, chuqur bilimli, xalqning boy ma’naviy va madaniy merosini, umuminsoniy qadriyatlar asosini biladigan, jamiyatni rivojlanishi qonuniyatlarini, inson rivojlanishining falsafiy dinamikasini, O’zbekiston Respublikasi oldida turgan aholi sog’liqni saqlash ishlaridagi maqsad va vazifalarni bajarishda faol ishtirok eta oladigan, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining taqdiriga javobgarlikni his qila oladigan shaxs bo’lishi kerak.

Ruhiy – fiziologik fazilatlar minimumi:

Kuzatuvchanlik, diqqatchanlik, qo’l-oyoq harakati, senso-motor muvofiqlashtirilishi to’g’riligi, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug’likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi, bejirimlik va o’tiruvchanlik.

ASOSIY QISM.

MUTAXASSIS BILIShI KERAK:

-        O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan sog’liqni saqlash borasidagi Davlat dasturlarini maqsadi va vazifalarini;

-        O’zbekiston Respublikasi milliy sog’liqni saqlash siyosatini, JSST (VOZ)ning asosiy yo’nalishlarini;

-        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish” Davlat dasturi haqidagi Farmonini;

-        Me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy statistikani yuritish, informatsion texnologiya va yangi tibbiy texnologiyalarni;

-        Sharq tabobati tarixini, etika, deontologiya va kommunikatsiya asoslarini;

-        Kasbga oid vazifalarni hal qilishda zarur bo’lgan umumiy kasbiy fanlar asoslarini, tibbiy-biologik fanlarning asosiy qonunlarini;

-        Sog’lom va bemor odamning anatomik-fiziologik, yoshga oid jinsiy va psixologik xususiyatlarini;

-        Organizmda patologik jarayonning paydo bo’lishi ehtimolini va uning sabablarini, hamda keltirib chiqaruvchi omillarini;

-        Umumiy farmakologiya asoslarini, dori moddalarini organizmga kiritish usullarini, ularning o’zaro ta’sirini, qo’llashga ko’rsatma va mone’lik holatlarini;

-        Hamshiralik ishi amaliyotida dori vositalarini qo’llanishi, ularning farmakokinetikasi, farmakodinamikasi va organizmga ta’siri;

-        Kasbiy muloqot psixologiyasi, kommunikatsiya asoslari;

-        Kasalliklarni oldini olish, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish, jamiyat sog’lig’ini saqlash ishlarida faol ishtirok etishni;

-        Gerontologiya va geriatriya asoslarini;

-        Dietologiya asoslarini;

-        Hamshiralik jarayonini;

-        Bemorlar va tibbiyot hodimlarining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishini oldini olishni;

-        Aseptika, antiseptika va epidemiyaga qarshi sanitariya qoidalariga rioya qilishni;

-        Bemorlar, bolalar hamda keksa yoshdagi bemorlarni umumiy yoki differensiallashgan parvarish qilish usullarini;

MUTAXASSIS BAJARA OLIShI KERAK:

1.      Bemorlarni umumiy va klinik tekshiruvlardan o’tkazish va natijalarni baholashni, zamonaviy davo usullarini, instrumental va laborator tekshiruvlarga yo’llanmalar yozishni, mustaqil hamshira tashhisini qo’yish va davolash va yo’llanma yozishni, retsept yozishni, kasalliklarni oldini olishni;

2.      Uy sharoitida va shifoxonalarda bemorlar, keksa yoshdagilar va bolalarni parvarish qilishni;

3.      Davolash-profilaktika muassasalarida, bolalar tashkilotlarida, ish va yashash joylarida davo-muhofazasi va epidemiyaga qarshi tartibni bajara olishni;

4.      Sanitariya-maorif ishlarni olib borishni, sanalogiya qoidalariga rioya qilishni, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishni va jamiyat sog’lig’ini saqlash ishlarida faol ishtirok etishni;

5.      Davolash ishida axborot ishni, hamshira hizmatlari bozorining imkoniyatlarini tahlil qilishni, barcha tibbiy hujjatlarni to’ldirish va yuritishni, kasallik va mehnatga layoqatsizlik bo’yicha statistik ma’lumotlarini to’plash va tahlil qilishni;

6.      Tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lganlarni hisobga olish, boquvchisiz qolgan qariyalarga, nogironlarga, surunkali kasalliklari bor bemorlarga daslabki tibbiy yordam berishni, uy sharoitida parvarish qilishni;

7.      Ish jarayonidagi muammolarni hal qilishni va tegishli chora tadbirlarni o’z vaqtida bajarishni.

AMALIY  KO’NIKMALAR  RO’YHATI

-        Bemorning kasallik varaqasi, ambulator kartasining pasport qismini to’ldirish;

-        Bemor holatini baholash uchun ma’lumot to’plash;

-        Axborot yig’ishning ketma-ketligi;

-        Bemor muammolarini aniqlash;

-        Yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilish;

-        Bemorni ob’yektiv tekshirish tartibi va qoidasi;

-        Bemorga yordam ko’rsatishni rejalashtirish;

-        Bemorni transportda tashish;

-        Pul’sni o’lchash, uning ta’rifini grafik tarzda yozish;

-        Nafas harakatini sanash, grafik tarzda yozish;

-        Arterial bosimini o’lchash;

-        Zaharli va kuchli ta’sir qiladigan dorilarni hisobga olish va saqlash;

-        Venaga ishlatiladigan dorilarni tayyorlash;

-        Ko’z, quloq, burunga tomchi dori tomizish;

-        Malhamlar, yod, surma dorilarni qo’llash;

-        Shpritslarni yig’ish, ampula va flakonlardan dori olish;

-        Teri orasiga, teri ostiga, mushak orasiga dorilarni yuborish;

-        Vena ichiga dori moddalarini yuborish;

-        Suyuqlikni parenteral yuborish uchun sistemani to’ldirish;

-        Suyuqlik bilan sistemani to’ldirish;

-        Suyuqlikni oqim bilan va  tomchilab yuborish;

-        Antibiotiklarni suyultirish;

-        Tibbiyot kislorodi solingan balonlarni saqlash;

-        Kislorod yostig’ini balondan to’ldirish;

-        Namlangan kislorod berish;

-        Bemorga drenaj holatini yaratish;

-        Plevra punksiyasi uchun kerakli ashyolarni tayyorlash va unda ishtirok etish;

-        Tekshirish uchun balg’am yig’ish;

-        Umumiy qon taxlilini normada va patologiyada baholash;

-        Barmoqdan qon olish va qon surtmasini tayyorlash;

-        Me’dani yuvish;

-        Me’da shirasini olish;

-        Duodenal zondlashda ishtirok etish;

-        Tozalovchi va gipertonik huqna qo’yish;

-        Gaz haydovchi naychani kiritish;

-        Me’dani rentgologik tekshirish uchun bemorlarni tayyorlash;

-        Yo’g’on ichakni rentgenologik tekshirish uchun bemorlarni tayyorlash;

-        Yumshoq katetr bilan qovuqni katetrlash;

-        Siydik tutolmaydigan bemorlarni parvarish qilish;

-        Insulinni hisoblash, flakondan shpritsga tortish va yuborish;

-        Allergologik sinamalar o’tqazish;

-        Turli aholi guruhlariga sog’lom turmush tarzi va oqilona ovqatlanish bo’yicha tavsiyanomalar berish;

-        Bemor o’rindagi vaziyatini o’zgartirishda qulay sharoit yaratish va yiqilish havfidan asrash;

-        Patsiyentni transportirovka qilish (aravacha, zambil va g’ildirakli zambil (katalka)dan foydalanish;

-        Yotoq yaralarini oldini olish va parvarishlash muolajalari;

-        Patsiyentni to’liq tozalikdan o’tkazish;

-        Patsiyentning kiyim oqliklarini o’zgartirish;

-        Patsiyentning o’rin oqliklarini almashtirish;

-        Bemorga Simps vaziyatini berish;

-        Bemorga Fauler vaziyatini berish;

-        Kerakli parhez asosida taomnoma tuzish;

-        Ovqatlanishda patsiyentga yordam berish;

-        Bo’y uzunligini o’lchash;

-        Tana vaznini o’lchash;

-        Ko’krak qafasi aylanasini o’lchash;

-        Termometriya o’tkazish va natijasini harorat varaqasida qaydlash;

-        Harorat davrlarida bemorni parvarish qilish;

-        Qon bosimini o’lchash;

-        Pul’sni turli sohalarda sanash;

-        Perkussiya o’tkazish;

-        Palpatsiya o’tkazish;

-        Auskultatsiya o’tkazish;

-        Limfa tugunlarini paypaslash asosida baholash;

-        Desinfektsion eritmalarni tayyorlash;

-        Desinfektsion eritmalarni tayyorlashda havsizlik choralarini ko’rish;

-        Muolaja xonasida tozalash ishlarini olib boorish;

-        Oldindan, joriy, yakuniy, batamom tozalash ishlarini olib borish;

-        Tibbiy asbob-anjomlarni dezinfektsiya qilish;

-        Qo’llarni yuvish;

-        Isitgichni qo’llash;

-        Muzli haltachani qo’llash;

-        Xantalni qo’llash;

-        Girudoterapiya o’tkazish;

-        Nafas yetishmovchiligida bemorlarni parvarishlash.

“UMUMIY AMALIYOT FELDShERI” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maÑ…sus ma`lumotli mutaxassisning

IÐ¥TISOS TAVSIFNOMASI

Umumiy amaliyot feldsheri barcha davolash – muhofazalash muassasalarida, QVP, viloyat, tuman shifoxonalarida, tibbiy qism va birlashmalarida, tez tibbiy yordam markazlarida, tez yordam stansiyalarida, mustaqil feldsherlik, feldsher-akusherlik punktlarida ishlash uchun hamda feldsherlik, feldsher-akusherlik punktlarining mudiri lavozimida ishlash uchun tayyorlanadi.

Mutahassis har tomonlama yetuk, ma`naviy barkamol, mustaqil fikrlay oladigan, chuqur bilimli, xalqning boy ma`naviy va madaniy merosini, umuminsoniy qadriyatlar asosini biladigan, jamiyatni rivojlanishi qonuniyatlarini, inson rivojlanishining falsafiy dinamikasini, O’zbekiston Respublikasi oldida turgan aholi sog’liqni saqlash ishlaridagi maqsad va vazifalarni bajarishda faol ishtirok eta oladigan, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining taqdiriga javobgarlikni his qila oladigan shaxs bo’lishi kerak.

Umumiy amaliyot feldsheri zamon talabiga javob bera oladigan bilimlarga ega bo’lishi, amaliy muolajalarni aniq, puxta, yuqori malaka bilan bajara olishi, yangilanib turadigan tibbiy texnikaga tez moslashib ishlay olishi, vrach ko’rsatmalarini bekamu-ko’st bajarishi, kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatishi, mustaqil tashxis qo’yishi, bemorga qanday ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatilishini aniqlashi, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishi kerak. Favqulotda vaziyatlarda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiyani tashkil qilishi lozim.

Ruhiy – fiziologik fazilatlar minimumi:

Kuzatuvchanlik, diqqatchanlik, qo’l-oyoq harakati, senso-motor muvofiqlashtirilishi to’g’riligi, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug’likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi, bejirimlik, kommunikativ mahoratga ega bo’lishi.
ASOSIY QISM.

MUTAXASSIS BILIShI KERAK:

– O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan sog’liqni saqlash borasidagi Davlat dasturlarini maqsadi va vazifalarini;

– O’zbekiston Respublikasi milliy sog’liqni saqlash siyosatini, JSST (VOZ)ning asosiy yo’nalishlarini;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish” Davlat dasturi haqidagi Farmonini;

– Menejment va iqtisodiy bilimlarga asoslanib, sog’liqni saqlash qonun-qoidalarini va inson salomatligining tibbiy jabhalarini;

– Me`yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy statistikani yuritish, informatsion texnologiya va yangi tibbiy texnologiyalarni;

– Sharq tabobati tarixini, etika, deontologiya va kommunikatsiya asoslarini;

– Kasbga oid vazifalarni hal qilishda zarur bo’lgan umumiy kasbiy fanlar asoslarini, tibbiy-biologik fanlarning asosiy qonunlarini;

– Sog’lom va bemor odamning anatomik-fiziologik, yoshga oid jinsiy va psixologik hususiyatlarini;

– Organizmda patologik jarayonning paydo bo’lishi ehtimolini va uning sabablarini, hamda keltirib chiqaruvchi omillarini;

– Umumiy farmakologiya asoslarini, dori moddalarini organizmga kiritish usullarini, ularning o’zaro ta`sirini, qo’llashga ko’rsatma va monelik holatlarini;

– Hamshiralik ishi amaliyotida dori vositalarini qo’llanishi, ularning farmakokinetikasi, farmakodinamikasi va organizmga ta`siri;

– Kasbiy muloqot psixologiyasi, kommunikatsiya asoslari;

– Kasalliklarni oldini olish, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish, jamiyat sog’lig’ini saqlash ishlarida faol ishtirok etishni;

– Gerontologiya va geriatriya asoslarini;

– Dietologiya asoslarini;

– Hamshiralik jarayonini;

– Bemorlar va tibbiyot xodimlarining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishini oldini olishni;

– Aseptika, antiseptika va epidemiyaga qarshi sanitariya qoidalariga rioya qilishni;

– Bemorlar, bolalar hamda keksa yoshdagi bemorlarni umumiy yoki differensiallashgan parvarish qilish usullarini;

– Akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatishni;

– Tibbiy ofatlarning oldini olish bo’yicha Davlat tizimini tashkil qilish asoslarini. Har-xil tabiiy-taktik holatlarni baholash va tez yordamni tashkil qilishni;

– Kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda mustaqil tashxis qo’yish va shifoxonagacha bo’lgan tez tibbiy yordam ko’rsatishni.
MUTAXASSIS BAJARA OLISHI KERAK:

1. Bemorlarni umumiy va klinik tekshiruvlardan o’tkazish va natijalarni baholashni, zamonaviy davo usullarini, instrumental va laborator tekshiruvlarga yo’llanmalar o’tqazishni va yozishni, mustaqil tashxis qo’yish va davolash va yo’llanma yozishni, retsept yozishni, kasalliklarni oldini olishni, yosh bolalar va xomilador ayollarni asosiy tekshiruvlardan o’tkazishni;

2. Uy sharoitida va shifoxonalarda bemorlar, keksa yoshdagilar va bolalarni parvarish qilishni;

3. Shoshilinch yordam korsatishni, reanimatsiya usullarini bajarishni, operatsiya vaqtida shifokorga assistentlik qilishni, normal tug’ruq qabul qilishni;

4. Davolash-profilaktika muassasalarida, bolalar tashkilotlarida, ish va yashash joylarida davo-muhofazasi va epidemiyaga qarshi tartibni bajara olishni;

5. Sanitariya-maorif ishlarni olib borishni, sanalogiya qoidalariga rioya qilishni, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishni va jamiyat sog’lig’ini saqlash ishlarida faol ishtirok etishni;

6. Davolash ishida axborot ishni, feldsher xizmatlari bozorining imkoniyatlarini tahlil qilishni, barcha tibbiy hujjatlarni to’ldirish va yuritishni, kasallik va mehnatga layoqatsizlik bo’yicha statistik ma`lumotlarini to’plash va tahlil qilishni;

7. Tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lganlarni hisobga olish, boquvchisiz qolgan qariyalarga, nogironlarga, surunkali kasalliklari bor bemorlarga dasltabki tibbiy yordam berishni, uy sharoitida parvarish qilishni;

8. Favqulotda holatlarda aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni;

9. Ish jarayonidagi muammolarni hal qilishni va tegishli chora tadbirlarni o’z vaqtida bajarishni.
AMALIY KO’NIKMALAR RO’YXATI.

– Bemorning kasallik varaqasi, ambulator kartasining pasport qismini to’ldirish;

– Bemor holatini baholash uchun ma`lumot to’plash;

– Axborot yig’ishning ketma-ketligi;

– Bemor muammolarini aniqlash;

– Yig’ilgan ma`lumotlarni tahlil qilish;

– Bemorni ob`yektiv tekshirish tartibi va qoidasi;

– Bemorga yordam ko’rsatishni rejalashtirish;

– Bemorni transportda tashish;

– Pul’sni o’lchash, uning ta`rifini grafik tarzda yozish;

– Nafas harakatini sanash, grafik tarzda yozish;

– Arterial bosimini o’lchash;

– Zaharli va kuchli ta`sir qiladigan dorilarni hisobga olish va saqlash;

– Venaga ishlatiladigan dorilarni tayyorlash;

– Ko’z, quloq, burunga tomchi dori tomizish;

– Malhamlar, yod, surma dorilarni qo’llash;

– Ingalyatorlardan foydalanish;

– Shpritslarni yig’ish, ampula va flakonlardan dori olish;

– Teri orasiga, teri ostiga, mushak orasiga dorilarni yuborish;

– Vena ichiga dori moddalarini yuborish;

– Suyuqlikni parenteral yuborish uchun sistemani to’ldirish;

– Suyuqlik bilan sistemani to’ldirish;

– Suyuqlikni oqim bilan va tomchilab yuborish;

– Antibiotiklarni suyultirish;

– Tibbiyot kislorodi solingan balonlarni saqlash;

– Kislorod yostig’ini balondan to’ldirish;

– Namlangan kislorod berish;

– Bemorga drenaj holatini yaratish;

– Plevra punksiyasi uchun kerakli ashyolarni tayyorlash va unda ishtirok etish;

– Tekshirish uchun balg’am yig’ish;

– Umumiy qon tahlilini normada va patologiyada baholash;

– Barmoqdan qon olish va qon surtmasini tayyorlash;

– Gemoglobin miqdorini aniqlash;

– EChTni aniqlash;

– Yo’g’on tomchi tayyorlash;

– Me`dani yuvish;

– Me`da shirasini olish;

– Duodenal zondlashda ishtirok etish;

– Tozalovchi va gipertonik huqna qo’yish;

– Gaz haydovchi naychani kiritish;

– Me`dani rentgologik tekshirish uchun bemorlarni tayyorlash;

– Yumshoq katetr bilan qovuqni katetrlash;

– Siydik tutolmaydigan bemorlarni parvarish qilish;

– Qon guruhlarini aniqlash;

– Insulinni hisoblash, flakondan shpritsga tortish va yuborish;

– Ortopedik jihozlarni (korset, belbog’) qo’llash;

– Allergologik sinamalar o’tqazish;

– Yo’llanmalarni rasmiylashtirish;

– Turli aholi guruhlariga sog’lom turmush tarzi va oqilona ovqatlanish bo’yicha tavsiyanomalar berish;

– Transport shinalarini ishlatish va to’g’ri qo’ya bilish;

– Bemorni transportirovka qilishda to’ri joylashtirish usuli;

– Gips kukunini aniqlash;

– Gips bint va longetlarni tayyorlash;

– Gips bog’lamini yechish;

– Bemorlarni tashish va o’rindan o’ringa yotqizish;

– Yurakni bevosita uqalash;

– Yuqori nafas yo’llaridan kerak miqdordagi davo o’tishini tiklash;

– O’pkani apparatsiz sun`iy ventilyatsiya qilish: “og’izdan og’izga”, “og’izdan burunga” va “og’iz-burun aralash” usullari;

– Traxeostoma uchun kerakli ashyolarni qo’llash;

– EKGni o’tqazish, normal va patologik o’zgarishlarini baholash;

– Laringoskopni ishga hozirlash;

– Kekirdak intubatsiyasiga kerak bo’lgan asbob va uskunalarni tayyorlash;

– Intubatsion naychani kekirdakdan chiqarish

– ekstubatsiya;

– Klinik va biologik o’limlarni konstatatsiya qilish;

– Murdani saranjomlash;

– Tashqi akusherlik tekshiruv amallarini o’tkazish;

– Chanoqning tashqi o’lchamlarini o’lchash;

– Xomilaning yurak urishini eshitish va uni baholash;

– Qorin aylanasini va bachadon tubining balandligini o’lchash, xomilaning tahminiy vaznini aniqlash;

– Xomiladorlik muddatini va tug’ruqning tahminiy sanasini aniqlash;

– Qin orqali ikki qo’llab tekshirish va diagonal kon`yugatani o’lchash, chin kon`yugatani hisoblab topish;

– Qinni va bachadon tubi bo’ynini qin ko’zgulari yordamida ko’zdan kechirish;

– Qinning tozalik darajasini aniqlash uchun surtma olish;

– Normal tug’ruqni qabul qilish;

– Yo’ldoshning butunligini tekshirish va baholash;

– Bachadon bo’shlig’ini qo’l bilan tozalash;

– Yangi tug’ilgan chaqaloqning birlamchi artib tozalashni o’tqazish;

– Tuqqan ayolni parvarish qilish;

– Chotdagi chokni olishga aylni va asbob-anjomlarni tayyorlash;

– Ko’krak uchi yorilganda va mastitda sut bezlarini parvarish qilish;

– Pretoksikoz belgilarini aniqlash;

– Xomiladorlik davrida qon ketganda shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Gestozning og’ir xillarida shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Ginekologik bemorlarni parvarish qilish;

– Ginekologik kasalliklarda shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Ginekologik bemorlarni qo’shimcha tekshiruv usullarini o’tkazish uchun tayyorlash;

– Zamonaviy kontraseptiv vositalar va ulardan foydalanish yo’l-yo’riqlari haqida ayollarga maslahat berish;

– Bemor qusganda yordam ko’rsatish;

– Stenokardiyada tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Miokard infarktida tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Gipertenziyada tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Bronxospazmda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Laringospazmda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– O’pkadan qon ketganda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Bemor qon tupurganda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Me`dadan qon ketganda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Tashqi zararlanishlarda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Jigar sanchig’ida tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Buyrak sanchig’ida tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Anafilaktik shokda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Suvga cho’kkanda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Bo’g’ilganda tez va shoshilinch yordam ko’rsatish;

– Favqulotda vaziyatlarda shikastlanganlarni guruhlash;

– Favqulotda vaziyatlarda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiyani tashkil qilish.

LABORANT 070009 mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma`lumotli mutaxassisning

IXTISOS TAVSIFNOMASI
LABORANT viloyat, shahar va qishloq davolash – profilaktika muassasadari laboratoriyalarida, hamda tibbiy ilmiy tekshirish oliygohlarida ishlash va har xil profildagi tibbiy laboratoriyalarda laboratoriya tekshirish usullarining barcha turlarini bajarish maqsadida tayyorlanadi.
LABORANT falsafiy va iqtisodiy bilim asoslarini bilish, jamiyatda bo’layotgan hodisalarni dialektik nuqtai nazardan ijobiy baholay olish, mamlakat oldida turgan iqtisodiy tubdan yangilanayotgan reformalar, siyosiy tizimning tubdan qayta qurilishi, bozor iqtisodiyotiga o’tish, jamiyat hayotini demokratizatsiyalash vazifalarini bajarilishida faol qatnashmog’i, yuksak ahloq va madaniyatga ega bo’lishi, baynalminalchilik, o’rtoqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan bo’lishi, insoniyat sivilizatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining taqdiriga javobgarlikni his qila olishi kerak. U mehnat jamoalari bilan kelishib ishlay olishi, o’z mehnatining sifati va natijasiga javobgarlikni his eta olishi, hayotda ijtimoiy adolat printsiplarining tantana qilishi lozimligiga ishongan bo’lishi kerak.

LABORANT BAJARISHI KERAK:
– Laboratoriya tekshirish maqsadida keltirilgan materiallarni qabul qilish va ularni maxsus daftarda rasmiylashtirish;
– Laboratoriya tekshirishning barcha turlari uchun kerakli ozuqa muhitlarini, bo’yovchi moddalarini, reaktivlarni, nativ va bo’yalgan preparatlarni tayyorlay olish;
– Tibbiy laboratoriyada qo’llaniladigan sterilizatsiya usullarini mukammal bilishi va yuqumli materiallarni zararsizlantira olishi;
– Zamonaviy laboratoriya apparatlarini ishlata olishi;
– Laboratoriya tekshirish usullarining barcha turlarini mukammal bilishi;
– Baxtsiz hodisa sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish.

LABORANT BILISHI KERAK:
– Sog’liqni saqlash rahbarlik printsiplarini, sog’liqni saqlash haqidagi qonun-qoidalarini va direktiv hujjatlarini;
– Tibbiy profilaktik muassasalaridagi laboratoriya xizmati faoliyatining huquqiy va iqtisodiy aspektlarini, tibbiy asboblar va qurilmalar bilan ishlash chog’ida amal qilish lozim bo’lgan tehnika havfsizligi qoidalarini, fuqarolar mudofaasi tibbiy xizmatining tashkiliy tizimini;
– Kasbga oid vazifalarini hal qilishda zarur bo’lgan umumiy professional fanlarning asosiy tibbiy atamalarini sog’lom va kasal odamning anatomo-fiziologik xususiyatlarini, organizmda patologik jarayon rivojlanishining sabablari va rivojlanish mexanizmini;
– Zamonaviy tekshirish usullarini;
– Sog’lom, kasal organizm holatini baholash maqsadida qo’llaniladigan laboratoriya tekshirish usullarini;
– Umumiy klinik, kliniko-bioximik, immunologik, gemotologik, sitologik, gistologik va gistokimyoviy tekshirish usullarini;
– Tashqi muhit ob`yektlarini sanitariya-gigienik tekshirishni;
– Sanitariya-mikrobiologik tekshirish usullarini va mikrobiologik tashhislashni;
– Sinamalarni olish, saqlash va olingan materiallarni tekshirish uchun laboratoriyaga yetkazish tadbirlarini;
– Sanitariya-gigiyena normativlarini va laboratoriyalarning joriy ish tartibini (rejimini).